top of page
  • Writer's pictureAzizbek Sirojiddinov

Isroilning G'azoga qarshi urushi: sulh muzokaralari paytida bolalar to'yib ovqatlanmaslikdan o'lmoqda

G'azo Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, so'nggi bir necha kun ichida G'azo shahridagi Kamol Advan kasalxonasida kamida 15 nafar bola to'yib ovqatlanmaslik va suvsizlikdan vafot etgan.



Bugun, yani yakshanba kuni Misrda sulh bo'yicha muzokaralar davom etishi kutilmoqda, ammo janglarda olti haftalik tanaffusdan keyingi tafsilotlar AQSh rasmiylarining sulh yaqinligi haqidagi da'volariga qaramay noma'lumligicha qolmoqda. Hamasning yuqori martabali mulozimining yakshanba kuni AFPga aytishicha, agar Isroil ularning talablarini qabul qilsa, sulh "24-48 soat ichida" ta'minlanishi mumkin.


Isroilning G'azoni bombardimon qilishlari davom etmoqda, Rafah, Dayr al-Balah va Xon Yunisda chodir lagerlarga uyushtirilgan zarbalardan 11 kishi halok bo'ldi.


7 oktabrdan beri Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida kamida 30 410 kishi halok bo‘ldi, 71 700 kishi yaralandi. 7 oktabr kuni Hamas hujumlari natijasida Isroilda halok bo‘lganlar soni 1139 kishini tashkil etadi, deb xabar berdi Qatarning ''AlJazeera'' telekanali.

2 views0 comments

Comments


bottom of page